"Yuventus" Pirloning dastlabki transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
28 avg 2020
Yaqin vaqtlar ichida "Shalke" yarim himoyachisi Ueston Makkenni "Yuventus" futbolchisiga aylanadi.

"Yuventus" matbuot xizmati 21 yoshli amerikalikning Turin aeroportiga yetib kelganini ma'lum qildi.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, "Yuventus" Makkennini 3 mln evro evaziga ijaraga oladi. Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin uni 18 mln evroga sotib olish imkoniyati ham bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc