"Yuventus" o'z futbolchisini "Chelsi"ga sotmadi

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2017
"Yuventus" rahbariyati "Chelsi"ning Aleks Sandro borasida yuborgan taklifiga rad javobini berdi.

Ingliz jamoasi 26 yoshli futbolchi uchun 60 mln. evro taklif qildi.

Bu Sandro uchun londonliklar bergan ikkinchi taklif. "Chelsi" avvalroq 50 mln. evro taklif qilgan edi.

So'nggi mavsum Sandro "Yuventus" safida 43 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi. Futbolchi va klub o'rtasidagi bitim 2020 yilgacha belgilangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport