"Yuventus" o'z yetakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
6 yanv 2019, 11:55
"Yuventus" forvardi Mario Manjukich yaqin vaqtlarda jamoasi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, yangi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar davom etadi. Uning amaldagi kelishuvi 2020 yilga qadar mo'ljallangandi.

32 yoshli Manjukich 2015 yildan buyon "Yuventus"da faoliyat olib bormoqda. Bu mavsumda u 21 o'yinda qatnashib, 9 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb