
“Yoz mavsumida “Yuventus” meni sotib olishni istagan edi. Men turinliklar klubidan taklif tushganidan xursand edim, chunki yoshligimda Buffon o'yinlarini kuzatib borardim.
Lekin o'sha paytning o'zida “Bavariya” tezda men bilan kelishishga qaror qildi va barchasi kichik vaqt oralig'ida hal bo'lib ulgurdi. Keyinchalik esa Chempionlar ligasi bahsida Buffon darvozasini ishg'ol qildim va bu gol bilan faxrlanaman”, - deydi Manjukich.
Eslatib o'tamiz, 27-yoshli futbolchi o'tgan mavsumning boshida “Volfsburg”dan “Bavariya” klubiga o'tgan edi.