"Yuventus" Moratani "Atletiko"dan xarid qilmasligini rasman e'lon qildi

Alisher
30 iyun 2022, 15:10
"Yuventus" forvard Alvaro Moratani "Atletiko"dan xarid qilmasligini e'lon qildi.

29 yoshli ispaniyalik Turin klubidan ketdi, u ikki mavsum davomida ushbu jamoada ijara asosida o'ynadi.

Morata 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" tarkibida 48ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 9ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali forvardni 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: juventus.com