"Yuventus" Mendeshdan Adama Traore bo'yicha taklif oldi

Sherzod Nurmatov
11 sen 2020, 20:31
Turinning "Yuventus" klubi taniqli agent Jorje Mendeshdan "Vulverxempton" yarim himoyachisi Adam Traoreni sotib olish to'g'risida taklif oldi.

Calciomercato nashrining yozishicha, "bo'rilar" rahbariyati omadsiz mavsumdan so'ng, 24 yoshli ispaniyalik vingyerdan qutulishga shoshilmoqda.

Takidlanishicha, "byankoneri" Traoreni sotib olishga tayyor emas, sababi o'yinchining narxi qimmat, yani 70 million evro. Agar Mendesh narxni pasaytirish bo'yicha muzokaralarni olib boradigan bo'lsa, unda kelishuvga erishish mumkin.  Bunga qadar "Yuventus" Duglas Kosta va Federiko Bernardeski kabi bir nechta futbolchisini sotishi lozim.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato