"Yuventus" maydonga tushmay maosh olayotgan yulduzdan qutilmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 okt 2024, 12:14
Pol Pogba endi "Yuventus"da o'ynamasa kerak.

Yarim himoyachining doping sabab olgan diskvalifikaciyasi qisqartirilgan va u 2025 yilning martida maydonga qaytishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar har qanday vaziyatda ham shartnomani bekor qilishmoqchi. Bu fransiyalikka istagan klubiga erkin agent sifatida o'tishga va klubga xarajatlarni qisqartirishga yordam beradi.

Pogba yiliga 10 mln. evro maosh oladi (faqatgina Dushan Vlaxovich jamoada shunda maoshga ega).

Ma'lumot uchun, doping bilan qo'lga tushgan Pogba shu yilning fevralida 4 yilga futboldan chetlatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato