"Yuventus" mavsum oxirida Allegrini iste'foga chiqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 dek 2016, 13:29
"Yuventus" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini iste'foga chiqarishi mumkin.

Italiyalik mutaxassis 2016/17 mavsum oxirida ishsiz qolishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, "Milan"ga qarshi Italiya Superkubogi bahsidan so'ng, kelishmovchilik sodir bo'lgan.

"Keksa sinora" rahbariyati boshqa mutaxassislar nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Kengaytirilgan ro'yxatga Paulu Souza ("Fiorentina"), Leonardu Jardim ("Monako") va Eusebio Di Franchesko ("Sassuolo") kiritilgan.

A Seriya turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport