"Yuventus" Marselo uchun 45 mln. evro taklif qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
2 fev 2019, 12:40
Turinning "Yuventus" klubi "Real" himoyachisi Marselo xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Italiya klubi joriy mavsum oxirida 30 yoshli braziliyalik uchun "Real"ga 45 mln. evro taklif qilmoqchi. Marseloga esa yillik maoshi 12 mln. evro bo'lgan bitim taklif qilinadi. Eslatib o'tamiz, braziliyalikning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.

Ma'lum bo'lishicha, "Yuventus" Aleks Sandroni sotib, shu puldan tushgan pulning bir qismiga Marseloni olib kelmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport