Yuventus Mandjukichni 18 million evroga sotib oladi

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2015, 08:48
Yuventus Atletiko hujumchisi Mario Mandjukichning transferi borasida kelishib oldi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport nashri.
Turin klubi 15 million evro va 3 millionni bonus tariqasida bermoqchi.

Futbolchining o'zi Yuventus bilan 2019 yilga qadar shartnoma tuzishga tayyor.

Dushanba kuni Mandjukich Turinda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru