"Yuventus" Lokatelli bilan kelishuvga erishdi

Alisher
8 iyun 2021, 15:07
"Sassuolo" yetakchisi Manuel Lokatelli faoliyatini Turinning "Yuventus" klubida davom ettiradi.

Tomonlar 2026 yilga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.

23 yoshli yarim himoyachining "keksa sinora"dagi maoshi yiliga 3 million evroni tashkil etadi. Lokatellining transferi Turin grandiga 40 million evroga tushadi.

Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum A Seriyada 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira