"Yuventus" "Lacio" yetakchisi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
9 iyul 2023
"Yuventus" "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich bilan shaxsiy kelishuvga erishib oldi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. "Keksa sinora" serbiyalik futbolchiga 4 yillik shartnoma va mavsumiy 5,5 mln evro maosh taklif qilgan.

Endi klublar o'zaro kelishib olsa bo'lgani. Biroq Rim klubi Sergey Milinkovich-Savich bilan hayrlashishni istamayapti. Biroq u kelasi mavsumda erkin agentga aylanadi. Shuni hisobga olgan holda "Yuventus" transfer uchun 30 mln evro to'lashga tayyor turibdi.

Rimliklar tarkibida 8 mavsumdan buyon harakat qilayotgan Milinkovich-Savich 341 o'yinda qatnashib, 69 gol va 59 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira