"Yuventus" "Kopengagen" vingeriga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
30 noya 2023
"Keksa sinora" skautlari "Kopengagen" – "Bavariya" uchrashuviga tashrif buyurishdi.

Italiyaning "Yuventus" klubi Daniyaning "Kopengagen" vingeri Runi Barjiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Calciomercato".

Xabar qilinishicha, "keksa sinora" skautlari "Kopengagen"ning YCHL 5-turi doirasidagi "Bavariya”ga qarshi o'yinida bo'lgan va bu o'yin golsiz durang bilan yakunlangan. Barjining transfer narxi 4 million evroga baholanmoqda.

18 yoshli Runi Barji joriy mavsum "Kopengagen" safida 20 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato