

"Yuventus" Krishtianu Ronaldu ketsa, Kin bilan shartnoma imzolashi mumkin. Ammo Turin klubi bitimga Aaron Remzi yoki Duglas Kostani qo'shishiga to'g'ri keladi.
21 yoshli Kin oktyabrda PSJga ijara asosida o'tganidan so'ng parijliklar libosida 28ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urishga erishdi.
U 40 million evro, Remzi - 15, Kosta esa 25 million evro narxga ega. Bitimga hatto ularning ikkisi ham kirishi mumkin.



