"Yuventus" kelasi yozda shov-shuvli transferni amalga oshirmoqchi

Alisher
21 noya 2019, 10:50
"Yuventus" kelasi yozda PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Turin klubi hozirda francuz futbolchisini xarid qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

"Keksa sinora" rahbariyati uning transferi va maoshi uchun kamida 380 million evro sarflamoqchi.

Bu transferning amalga oshishi PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfining Mbappeni qo'yib yuborish istagiga bog'liqdir.

Mbappening PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport