"Yuventus" kelasi haftada Di Mariyaning o'tishini e'lon qiladi

Alisher
1 iyul 2022, 11:58
"Yuventus" kelasi haftada bitimni e'lon qilish uchun Anxel Di Mariyaning shartnomasi borasidagi so'nggi tafsilotlar ustida ishlamoqda.

34 yoshli argentinalik 1 iyulda rasman erkin agentga aylandi. Uning PSJ bilan shartnomasi yakunlandi, futbolchi Parij klubida 2015 yildan beri o'ynayotgandi.

Di Mariya o'tgan mavsum 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 9ta assist qayd etdi.

Turin klubi shuningdek tez orada 3,5 million evro evaziga "Jenoa" himoyachisi Andrea Kambyazo bilan shartnoma tuzadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano