"Yuventus" hujumchisi Qatarda o'ynashi mumkin

14 dek 2019, 23:16
Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar qildi.

Italiya nashri ma'lumotlariga qaraganda, Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Mario Manjukich qishki transfer mavsumida "keksa sinora"ni tark etadi. Takidlanishicha, Qatar yulduzlar ligasi vakillaridan biri xorvatiyalik futbolchiga yirik bitim taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Sardor Rashidov mazkur chempionat vakili "Qatar SK" klubi sharafini himoya qilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport