

"La Gazzetta dello Sport" nashrining yozishicha, 29 yoshli italiyalik futbolchi oyog'ining son mushaklari orqa qismini jarohatlab olgan. Ushbu jarohatni davolash uchun futbolchi 10 kun davomida mashg'ulot qilmaydi.
Shu orqali u A Seriyada "Verona" va YCHLda "Zenit"ga qarshi o'yinlarda ishtirok etmaydi.
Ushbu mavsumda De Shilo A Seriyada 4 o'yinda qatnashdi.



