

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar yarim himoyachi Artur Melo “Yuve”ga o'tadi, o'z navbatida turinliklar “Barselona”ga Miralem Pyanich va 10 mln evro mablag'ni yuboradi.
Artur turinliklar bilan yiliga 5,2 mln evro maosh bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Pyanich esa “ko'kanorranglilar” bilan 4 yillik bitim tuzadi va mavsum uchun 7,5 mln evro ishlab topadi.
Klublar o'rtasidagi o'zaro almashuv ertaga e'lon qilinishi kutilmoqda.



