Yuventus futbolchisi singan qo'lini ko'rsatdi

Khoja
26 fev 2024
Turinning Yuventus klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo singan barmoq rentgenogrammasi suratini joylashtirdi.

“Bugungi 200-o'yinim shunday yakunlandi. Men uchun duoda bo'lib turganlarning barchasiga rahmat aytaman”, - deb yozdi Rabo ijtimoiy tarmog'ida.

Eslatib o'tamiz, 26-tur doirasidagi Frozinone bilan o'yinning birinchi bo'limida (3:2) Rabo jamoadoshi Bremer bilan to'qnashib kyetishi natijasida jarohat olgandi.

Ma'lumot uchun, Rabio turinliklar safida 2019 yildan beri harakat qilib kelmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchtadan gol va golli uzatmani amalga oshirdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com