"Yuventus" futbolchilari karantindan olindi

Mirjalol Normatov
23 okt 2020
"Yuventus" matbuot xizmati klubning 61 kishisi karantindan olinganini ma'lum qildi.

Karantinda bo'lsa-da, futbolchilar klub bazasidan tashqariga chiqarilmadi va uchinchi shaxs bilan kontaktlar taqiqlandi.

Himoyachi Ueston Makkenida koronavirus aniqlanganidan keyin klubdagilar 14 oktyabr kunida karantinga olingandi.

Ushbu davr mobaynida faqatgina Krishtianu Ronalduda virus aniqlandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal