“Yuventus” Dibalaning holati bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi

Eldor Akmurzayev
5 may 2020, 20:15
Turinliklar rasmiy sayti jamoa a'zosi Paulo Dibala hali hamon COVID-19 infekciyasidan forig' bo'lmaganini xabar qildi.

Daniele Rugani va Blez Matyuidi koronavirusdan to'la sog'aygani tasdiqlandi. Ular topshirgan testlar salbiy (hech narsa aniqlanmadi) chiqdi. Biroq, Dibalaning tahlillari kutilgan natijani bermagan.

OAV xabariga ko'ra, Dibalada kasallik alomatlari bo'lmasa ham unda virus saqlanib turibdi. Argentinalik futbolchi 21 mart kuni COVID-19 infekciyasini yuqtirib olgani ma'lum bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: juventus.com