"Yuventus" Di Mariya variantidan voz kechmoqchi, futbolchi javobni kechiktirmoqda

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2022, 09:35
Anxel di Mariya katta ehtimol bilan "Yuventus"ga o'tmasa kerak.

Turinliklar futbolchining transferi borasidagi ishlarni to'xtatib, e'tiborni boshqalarga qaratishmoqchi. Buning sababi - di Mariya javob berishni kechiktirmoqda. 

Argentinalik futbolchi aniq javob aytmayapti. "Yuve" vakillari esa boshqa kutishni istashmayapti. 

Avvalroq "Yuventus" di Mariyaga yiliga 7 million evro maosh taklif qilganliklari xabar qilingandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport