"Yuventus" de Ligtning narxini ma'lum qildi

Alisher
30 iyun 2022
"Yuventus" himoyachi Matteys de Ligtni 90-100 million evro evaziga boshqa jamoaga qo'yib yuborishga tayyor.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

O'yinchi uchun bosh davogar "Manchester Yunayted" va Londonning "Chelsi" klubi hisoblanadi.

De Ligt 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi. Niderlandiyalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira