

"Football Italia" xabariga ko'ra, "Yuventus" ushbu transferni 1 iyul kuni rasman e'lon qilinadi. Turinliklar uning transferi uchun 67 million evro to'laydi. Shuningdek, 13 million evro bonuslar tarzida "Ayaks"ga taqdim qilinishi mumkin.
De Ligt "Yuve" bilan 5 yillik kelishuvga erishgan va uning bir mavsumlik maoshi 8 million evroga teng bo'ladi.
Qayd etish kerak, "Yuventus" ushbu futbolchi uchun kurashda "Barselona" va PSJni ortda qoldira oldi.



