“Yuventus” “Dallas” himoyachisini sotib oladi

Aslanov Jasurbek
30 dek 2020
Turin klubi yana bir transferni hal etdi.

“Yuventus” “Dallas” klubi bilan himoyachi Brayan Reynolds transferi borasida kelishuvga erishdi. Transfer summasi 10 mln dollarni tashkil etadi. 19 yoshli amerikalik futbolchi “Yuventus”ga o'tganidan so'ng “Kalyari”ga ijaraga beriladi.

O'tgan mavsum Reynolds MLS'da 19 ta o'yinda qatnashib, 4 ta golli uzatma berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN