"Yuventus" "Chelsi"ning 90 mln. evrolik taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2018, 18:45
"Yuventus" himoyachi Daniele Rugani va hujumchi Gonsalo Iguainni 90 mln. evro evaziga "Chelsi"ga sotishni istamadi.

Avvalroq ushbu ikki futbolchi bilan ishlagan "Chelsi" yangi bosh murabbiyi Mauricio Sarri ularni London klubida ko'rmoqchi.

"Aristokratlar" Rugani va Iguain uchun 90 mln. evro taklif qilishdi, ammo "Yuventus" ushbu taklifni rad etdi.

Italiyaliklar futbolchilarni kamida 100 mln. evroga sotmoqchi: Ruganini 40 mln. evroga, Iguainni - 60 mln. evroga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia