"Yuventus" Bundesliga klubi himoyachisiga davogar

Sherzod Nurmatov
30 sen 2022
Turinning "Yuventus" klubi Myonxengladbaxning "Borussiya"si va Jazoir terma jamoasi chap qanot himoyachisi Rami Bensebayniga qiziqish bildiryapti.

Manba bergan xabarga ko'ra, Italiya klubi qishki transfer oynasida o'yinchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Turinliklar futbolchini 4-5 million evroga sotib olishga umid qilmoqda, chunki uning kelishuvi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

27 yoshli Bensebayni joriy mavsum "Borussiya" safida 7 ta o'yinda harakat qilib, 3 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport