"Yuventus" Buffon rekordi sharafiga "Youtube"ga 973 daqiqalik rolik joyladi

Aslanov Jasurbek
28 mar 2016, 15:49
"Yuventus" klubi Janluiji Buffon rekordini posbon seyvlari yig'ilgan rolik bilan nishonladi.

"YouTube"ga joylangan rolik darvozabon rekordi kabi vaqtga ega (973 daqiqa).

"Buffonning tarixiy muvaffaqiyatini nishonlash uchun, biz uning seyvlari yig'ilgan 973 daqiqalik video joyladik. Uni to'liq tomosha qilishga urinib ko'ring. 4:07:57 - siz bu vaqt ichida tezkor poezd orqali Turindan Rimga yetib bora olasiz. 9:16:57 - "Uzuklar hukmdori" trilogiyasi shuncha davom etadi" - deyilgan rolik ostida.

TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com