"Yuventus" boshqa murabbiy topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
15 mar 2025
"Yuventus" bosh murabbiylikka Roberto Manchinini tayinlashi mumkin.

"Football Italia" ma'lumotiga ko'ra, o'z ishiga sodiqligi, katta tajribasi va kiyim almashtirish xonasidagi tartibni saqlash qobiliyati katta bo'lgani uchun Manchinini Tiago Mottaning o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Manchinining so'nggi ish joyi Saudiya Arabistoni termasi bo'lgan va u jamoani o'tgan yili tark etgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia