"Yuventus" Bonuchchini 3 haftaga yo'qotdi

Alisher
17 fev 2021, 18:00
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi yaqin o'yinlarda klubiga yordam bera olmaydi.

33 yoshli futbolchi CHL pley-off doirasidagi "Portu"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik chog'ida jarohat oldi.

Bonuchchining tiklanishi uchun 3 hafta ketadi. Leonardodan tashqari o'yinni Paulo Dibala, Xuan Kuadrado va Artur Melo o'tkazib yuboradi.

"Portu" va "Yuventus" o'rtasidagi ilk o'yin bugun Portugaliyada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport