"Yuventus" bir kun ichida Ronalduning 55 mln. evrolik futbolkasini sotdi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018, 17:15
"Yuventus"ga o'tgan hujumchi Krishtianu Ronaldu futbolkalarining onlayn sotuvi start oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Turin klubi savdolarning ilk kunida 520 mingga yaqin futbolka sotdi. Bir dona libosning narxi 105 evro turadi.

Shunday qilib, birinchi sutkada Ronaldu futbolkalaridan tushgan pul 55 mln. evroni tashkil qildi.

33 yoshli portugaliyalik 112 mln. evro evaziga "Yuventus"ga o'tdi va 4 yillik shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Yahoo Sports Italia