"Yuventus" "Barselona"ning taklifini rad qildi

The Daily Mail nashri xabariga ko'ra, Kataloniyaning "Barselona" klubi hamon Matteys De Ligtga bo'lgan qiziqishini yo'qotmagan.

Xabaringiz bor, "ko'k-anorranglilar" o'tgan yilning yozida ham niderlandiyalik futbolchi uchun kurashga kirishgan, ammo u "Yuventus"ni tanlagandi. De Ligtning "keksa sinora"dagi dastlabki mavsumi muvaffaqiyatsiz bo'ldi. 

"Barselona" 20 yoshli futbolchi uchun 66 million evro to'lashga tayyorligini bildirgan, biroq Turin klubi rahbariyati bu taklifni rad qildi. Boisi shundaki, "Yuve" mutasaddilari Matteysning kelajak yulduzi bo'lishiga ishonadi va uni sotib yubormaydi.


Manba: The Daily Mail