“Yuventus” “Ayntraxt” hujumchisi uchun 40 mln evro taklif qildi

20 mar 2019, 08:35
“Ayntraxt F” hujumchisi Sebastyan Alle faoliyatini A Ceriyada davom ettirishi mumkin.

Allega Turinning “Yuventus” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ma'lum bo'lishicha, turinliklar uni sotib olish borasida allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan. “Yuventus” Alle uchun 40 mln evro to'lashga tayyor. 

Joriy mavsum hujumcgi Bundesligada 25 ta o'yinda 14 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia