"Yuventus" "Atletiko" yarim himoyachisi transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi

Sherzod Nurmatov
4 noya 2023, 20:07
De Paul Turinga ijaraga yo'l olishi mumkin.

"Yuventus" Rodrigo De Paul transferi masalasida "Atletiko" bilan bog'landi. Bu haqda "Tuttosport" xabar bermoqda.

Qizig'i shundaki, argentinalik yarim himoyachi klubini o'zgartirishga qarshi emas, "matraschilar" bosh murabbiyi ham transferga rozi.

Biroq "byankoneri"da transferni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyatlar yo'q, shuning uchun ular Juntolini futbolchining ijarasi bo'yicha muzokara o'tkazish uchun Madridga jo'natishdi.

"Al Ahli" yozda De Paul uchun 30 million evrodan ko'proq taklif qilgan, biroq Rodrigoning o'zi bunga rozi bo'lmagandi. Transfermarkt hozirda yarim himoyachini 40 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport