"Yuventus" Arturga "Barsa"dan ko'ra ikki barobar ko'p to'lashga tayyor

Alisher
9 iyun 2020, 10:27
"Yuventus" "Barselona" yarim himoyachisi Arturni qo'lga kiritishga qattiq bel bog'lagan.

Turinliklar 23 yoshli braziliyalik futbolchi uchun Kataloniya klubidan ko'ra ikki barobar ko'p to'lashga tayyor.

Xabarlarga ko'ra, "Yuventus" Artur borasidagi muzokaralarni jadallashtirmoqchi.

Norasmiy manbalarga ko'ra, xavbek "Barselona"da yiliga 5 million evro atrofida maosh oladi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RAC1