"Yuventus" Argentina terma jamoasi futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
20 apr 2022, 10:16
"Yuventus" Argentina terma jamoasi darvozabonini xarid qilishi mumkin.

Turin klubi qiziqishlari doirasiga "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines tushib qoldi.

Qayd etish kerakki, 29 yoshli darvozabonni taklif qilishga shaxsan "keksa sinora" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri qiziqish bildirmoqda.

Martines 2020 yilning sentyabrida "Aston Villa"ga "Arsenal"dan 20 mln evrodan ko'proq mablag'ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TYC Sports