“Yuventus” Antoni Marsyalga asosiy da'vogar bo'lib turibdi

20 apr 2018, 07:33
MYU a'zosi katta ehtimol bilan Turinga ko'chib o'tadi.

Hozirda Antoniga “Yuventus”dan tashqari “Lion”, PSJ, “Tottenxem”, “Roma” va “Atletiko” qiziqish bildirmoqda. Avvalroq futbolchi MYU bilan o'yin amaliyoti kam taqdim etilayotgani sababli yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgan edi.

Ma'lumot uchun Marsyal MYUga “Monako” jamoasidan 2015 yilda kelib qo'shilgandi. U amaldagi mavsum APLning 29-uchrashuvida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun