Yurtimizda qachondan futbol musobaqalariga ruxsat beriladi?

30 may 2020, 00:53
Ayni kunda ko'pchilikni ushbu savol qiziqtirayotgani bor rost.

Telegram ijtimoiy tarmog'idagi davletovuz kanalining xabariga ko'ra, karantin cheklovlari yumshatilishi mumkin ekan.

“Jumladan, muxlissiz futbol musobaqalariga, metropoliten harakatiga hamda to'ylarga (hovlida 30 kishilik) ruxsat berilishi mumkin ekan. Bu cheklovlar qachondan yumshatilishi hozircha noma'lum. Respublika maxsus komissiyasi rasmiy xabarini kutamiz”, deya yozmoqda kanal muallifi.

Saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov ham o'zining telegramdagi kanalida bu haqda fikrlarini bildirib o'tdi.

“Respublika maxsus komissiyasi ruxsati berilsa, katta ehtimol Superliga 10-15 iyun oralig'ida (ruxsat tegishidan keyin ma'lum muddat mashg'ulotlar uchun fursat beriladi) davom ettiriladi. Agarda 1-2 kun ichida ruxsat tegsa, unda ehtimol 10 iyundan restart beriladi.

Chempionat formati uy-safar tizimida emas, balki markazlashtirilgan holda Toshkentda o'tkazilish varianti ko'rilmoqda”, deya qayd etib o'tdi SH.Beg'amov o'zining Telegramdagi kanalida.


Manba: championat.asia