Yuriy Rijko O'zbekistonga qaytadi

8 yanv 2015, 11:38
So'nggi ikki mavsumni O'zbekistonda o'tkazgan belaruslik Yuriy Rijko yangi mavsumda ham yurtimizda to'p suradi.
"Navbahor" himoyachisiga ayni paytda 3-4 ta jamoalardan takliflar bor.

Ishonchli manbalarga ko'ra, Rijko yangi mavsumni ham "Navbahor"da o'tkazadi. Agarda futbolchi va jamoa mablag' borasida kelisha olmasa, himoyachi faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

Ma'lum bo'lishicha, Rijkoni "Andijon", "Qo'qon-1912", "Dinamo" va "Buxoro" jamoalari o'z safiga qo'shishga tayyor.

Manba: lochinlar.asia