Yuriy Lodigin: "Noyerdek o'ynashimni murabbiylar so'rashmoqda"

"Zenit" jamoasi posboni Yuriy Lodigin chempionatdagi ilk o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Yirik g'alaba qozonish sizlar uchun muhim edimi?
-Har qanday g'alaba juda yaxshi. Agarda hisob yirik bo'lsa, unda juda ham zo'r. Gol o'tkazib yuborganimdan esa yanada xursandman.

-Bu yilgi chempionat siz uchun  avvalgisidan qanday farq qiladi?
-Men o'zimni debyutant deb o'ylamayman. Bu yilgi start esa ajoyib ko'rinish oldi.

-Bunday issiq havoda o'ynash qanday ekan?
-Issiqdan ko'ra, qo'yoshga qarshi o'ynash qiyinroq. To'g'risini aytadigan bo'lsam, buni katta farqini bilmayman. Sababi, men futbolchilardek maydonda ko'p yugurmayman. ularga yanada qiyinroq bo'lishi aniq. Menga sovuq bo'lmasa bo'lgani.

-"Arsenal" muxlislari sizni Noyer bilan tenglashtirishdi. Siz ko'p marotaba darvozadan chiqib vaziyatni yumshatishga erishdingiz. Agarda hisob qaltis bo'lib turganda ham shu ishni qilarmidingiz?
-Noyer darajasiga chiqishim uchun qancha kerak bilmadim-u, lekin shu uslubda o'ynashimni murabbiylarim so'rashmoqda.


Manba: sports.ru