Yurgen Klopp: "Xoffenxaym" bizning charchaganimizdan foydalanishga urinadi"

Tolibjon Qosimov
13 dek 2013, 15:54
Dortmundning "Borussiya" klubi ustozi Yurgen Klopp bundesliganing 16-turidan o'rin olgan "Xoffenxaym"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
– O'ylashimcha, "Xoffenxaym"ga qarshi o'yinda "Borussiya" tavakkal qilishi kerak, – deydi Klopp klub rasmiy saytiga. – Biz Chempionlar ligasidagi o'yindan keyin ancha charchadik, raqib esa buni juda yaxshi biladi. Ishonchim komil, ular bundan foydalanib qolishga urinishadi. Shu bois faqat hujum emas, himoya haqida ham o'ylashimiz kerak.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru