Yurgen Klopp: Sitini safarda 4:1 hisobida mag'lub etish ajoyib

Narzulla Saydullayev
22 noya 2015, 10:30
Liverpul ustozi Yurgen Klopp Manchester Siti ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Etixad Stediumda 4:1 hisobida zafar quchganimizdan so'ng nima deyishim mumkin? U qadar ideal o'yin bo'lmadi, ammo vaziyatlarni gollarga aylantira oldik. Gollar ajoyib chiqdi.

Oldinga qadam tashladik. Yigitlar o'z kuchlariga ishonchni yanada oshirib olishdi. Bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz. Tanaffus vaqtida 3:0 hisobini unutib harakat qilish kerakligini aytdim.

4:1 hisobi ideal hisob. Endi shogirdlarim boshqalar o'ylaganlaridan ko'ra kuchliroq ekanini bilishadi, – deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com