

“YCHLda qatnashish sharaf. Biz qur'a jarayonini bir nechta futbolchi bilan birga kuzatdik. Guruhimizdan “Barselona”, “Yuventus”, “Real”, “Bavariya” singari jamoalarning o'rin olmagan,bu albatta quvonarli yangilik. Ammo bu musobaqaga qatnashish uun uzoq yo'l bosib o'tdik. Shu bois biz raqib haqida emas, ko'poq turnirga tayyorgarligimiz haqida bosh qotirish lozim.
“Sevilya”ning Evrokuboklarda ko'rsatadigan o'yini barchaga ma'lum. Moskvagacha uzoq yo'l bosib o'tishimiz lozim bo'ladi. “Maribor” haqida ko'pchilik kam ma'lumotga ega. Ayrimlar bu jamoani mensimasligi mumkin, lekin biz emas. Biz barchasini tahlil qilib, bahslarga jiddiy hozirlik ko'ramiz. Imkon boricha uzoqroqqa bormoqchimiz.
Ertadan boshlab barchasini rejalashtiramiz. Ko'proq ma'lumot to'plashga urinamiz. Rossiyada 7 ta tur bellashuvlari o'tkazildi. Bu “Spartak”ning foydasiga ishlashi shubhasiz. Jamoa ma'lum bir “ritm”ga tushib oladi. Ispaniyada endigina birinchi tur ortda qoldi. Sloveniya haqida hozircha hech qanday ma'lumotga ega emasman. Albatta ko'proq ma'lumotga ega bo'lish uchun raqiblarimiz ishtirokidagi bellashuvlarni stadiondan kuzatamiz. Biz CHL guruh bosqichidagi raqiblarimizni jiddiy o'rganib, o'yinga 100 foiz tayyor holatda tushamiz”, deydi Klopp.



