Yurgen Klopp: "Ibragimovich MYUda o'ynamaganida, "Liverpul" u bilan shartnoma tuzgan bo'lardi"

14 noya 2019, 21:25
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp 2020 yil yanvar oyida erkin agentga aylanadigan Zlatan Ibragimovich haqida gapirib o'tdi.

"Agar u oldinroq "Manchester Yunayted" safida o'ynamaganida biz u bilan shartnoma tuo'ish variantini ko'rib chiqqan bo'lar edik. Lekin, men u bizning klub uchun o'ynashni xohlarmidi yoki yo'q, bunga ishonchim komil emas. Biz etarlicha intensiv (shiddatli) futbol namoyish etamiz. Nima bo'lganda ham, Zlatanni hurmat qilishimni aytmasdan tura olmayman. Uning faoliyati, urinishlari va o'ziga ishonchidan ta’sirlanaman. U fantastik xarakterga ega inson va futbol o'ynashda davom etishiga umid qilaman. Dunyo uni hali ko'p sog'inadi", - deydi Klopp. 

O'xshash yangiliklar


Manba: tribalfootball.com