Yurgen Klopp Germaniyada yangi liga tashkil etish ustida ishlamoqda

Iskandarov Abdulaziz
28 yanv 2026, 09:18
Liverpulning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniyada yangi futbol ligasini yaratish rejalari ustida ish olib bormoqda.

Manbaga ko'ra, Klopp U-21 yosh toifasi uchun alohida liga tashkil etishni maqsad qilgan. Ushbu liga yosh futbolchilarga Bundesligaga o'tishdan oldin etarlicha o'yin amaliyoti to'plashga yordam berishga qaratilgan. Loyiha ustida Klopp Markus Kryoshe, Sami Xedira, Andreas Rettig va Mark Lenc bilan hamkorlikda ishlamoqda.

Takidlanishicha, yangi liga yaratish g'oyasi yosh istedodlarning asosiy jamoalarga kirib borishi tobora qiyinlashib borayotgani bilan bog'liq xavotirlar ortidan paydo bo'lgan.

Tashabbuskorlar fikricha, hozirgi tizimda qator muammolar mavjud. Jumladan, Germaniyaning atigi 9 ta akademiyasi Yevropadagi eng samarali 100 akademiya qatoriga kiradi. Shuningdek, Bundesliga Yevropa beshta yetakchi chempionati orasida o'z akademiyasida yetishib chiqqan futbolchilar soni eng kam bo'lgan liga hisoblanadi. Bundan tashqari, chempionatdagi o'yin vaqtining 85 foizi akademiya tizimidan o'tmagan futbolchilar hissasiga to'g'ri keladi.

Ayni paytda Yurgen Klopp "Red Bull" tuzilmasi doirasida global futbol yo'nalishi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Bild