
Menimcha, bu kecha to'liqligicha bizniki bo'ldi. Ortiqcha qiyinchiliksiz g'alabaga erishdik. Kerakli vaqtga gol urdik va tashabbusni o'z tomonimizga og'dirib oldik. Bu o'yinda ko'p vaqtimizni himoyada o'tkazdik. Ko'p vaziyatlarda omad ham biz tarafda bo'ldi. Garchi yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, o'zimizning o'yinimizni hali topib olganimizcha yo'q.