

Bu haqda Koreya futbol associaciyasi rasmiy saytida xabar berildi.
Mutaxassis 3 yil va 5 oy muddatga belgilangan shartnomaga imzo chekkan. Tomonlar murabbiy maoshini e'lon qilmaslikka qaror qilishdi. Klinsmann termadagi ishini yangi haftadayoq boshlashi mumkin. Germaniyalik murabbiy uchun debyut uchrashuvi 24 mart kuni Ulsanda Kolumbiyaga qarshi bo'lib o'tishi kutilmoqda.



