Yupp Xaynkes Xames Rodriges haqida qanday fikrda?

Aziz Tukhtamuradov
10 okt 2017, 19:48
"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkes Xames Rodrigesga Germaniyaga moslashib ketishga va yangi darajaga chiqib olishga yordam bermoqchi.

"Xamesdan qanday foydalanish kerakligini juda yaxshi bilaman. Men uni shaxsan tanimasamda, ko'plab o'yinlarini kuzatganman. Terma jamoadan qaytganidan so'ng u bilan shaxsan gaplashib olaman.

Germaniyadagi o'yin uslubi Janubiy Amerikadagidan farq qiladi. Til, mentalitet, madaniyat... Bularning barchasi Xames uchun yangi. Bu narsa yosh futbolchilarning hayotini qiyinlashitirib qo'yishi mumkin. Lekin, men unga qanday yordam berish kerakligini bilaman. U juda istdodli futbolchi", - deydi murabbiy.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football-espana.net