Yupp Xaynkes: “Beshiktosh”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak

20 fev 2018, 08:00
“Bavariya” bosh murabbiy YCHLning 1/8 bosqichida “Beshiktosh”ga qarshi o'tadigan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Beshiktosh”ning “Leyptsig” bilan o'yinni tomosha qilib, hayratga tushdim. Raqibda qiziqarli jamoasi bor va biz ularga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. “Beshiktosh”ni o'rgandim. Aytishim mumkinki, ularning tarkibida yuqori saviyali tajribali o'yinchilar etarlicha, shuningdek, murabbiyi ham yuqori saviyali. Jamoa uning qo'li ostida yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. “Beshiktosh”ning guruh bosqichida uchala safar uchrashuvini yutgani bejiz emas. Bu qaram-qarshilikda o'zimizning o'yinimizni ko'rsatishimizga umid qilaman, - deydi Xaynkes.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport1